Tizza, bel yoki bo'yin og'riyaptimi?
Uyda tiklaning — ORTO bilan
Shifokor tavsiyasidagi mashq rejasi, takrorlarni sanab beradigan AI murabbiy va shifokorning masofadan nazorati — barchasi bitta ilovada.
- AI murabbiy ovoz bilan boshqaradi
- Shifokor natijangizni ko'radi
- O'zbek, rus va ingliz tillarida
Nega reabilitatsiya ko'pincha yarim yo'lda qoladi?
Mashqlar uyda bajariladi, lekin yonida hech kim yo'q. ORTO aynan shu bo'shliqni to'ldiradi.
Mashq vaqtini unutib qo'yasiz
Siz tanlagan vaqtda telefonga eslatma keladi
Mashqni to'g'ri bajaryapmanmi — bilmaysiz
AI murabbiy har bir harakatni tushuntirib, takrorlarni sanaydi
Shifokorga har safar borish qiyin
Shifokor natijalaringizni masofadan kuzatadi va chatda javob beradi
Yoningizda shaxsiy murabbiy bordek
Telefonni qulay joyga qo'ying — AI murabbiy mashqni ovoz bilan boshqaradi. Siz faqat harakat qilasiz.
Mashqni tanishtiradi va har bir bosqichni tushuntirib beradi.
Tempni ushlab turadi, dam olish vaqtini o'zi belgilaydi.
Istalgan payt gapiring — murabbiy sessiya holatiga qarab javob beradi.
Qattiq og'riqni sezsa, mashqni to'xtatib, shifokorga murojaat qilishni maslahat beradi.
Sanash, taymer va ovozlar telefonning o'zida ishlaydi.
Faqat matn saqlanadi, mikrofon esa ruxsatingiz bilan yoqiladi.
Tiklanish uchun kerakli hamma narsa
Rejadan tortib shifokor bilan aloqagacha — hammasi bitta ilovada.
Shaxsiy reja va eslatmalar
Dastur necha kun davom etishi, kuniga necha marta va qaysi soatda — hammasi rejada. Vaqti kelganda eslatma keladi.
Progress va og'riq dinamikasi
Ketma-ket kunlar, bajarish foizi va og'riq grafigi. O'zgarishni o'zingiz ko'rasiz.
Shifokor bilan chat
Matn, rasm yoki ovozli xabar yuboring. Shifokor va ORTO jamoasi bitta suhbatda javob beradi.
Video bilan mashqlar
Har bir mashq bosqichlarga bo'lingan: video, rasm va tushunarli izoh bilan.
Shifokorni o'zingiz tanlang
Mutaxassislik, reyting va bemorlar sharhlariga qarab tanlang.
Bolalar va kattalar uchun
Har bir yosh uchun alohida dasturlar.
Fon musiqasi
Mashq paytida yoqimli musiqa.
3 tilda
O'zbek, rus va ingliz tillarida.
4 qadamda boshlang
Murakkab narsa yo'q — birinchi mashqqacha bir necha daqiqa.
- 1
Ilovani yuklab oling
Telefon raqamingiz bilan ro'yxatdan o'ting.
- 2
Sohani tanlang
Qayeringiz og'riyotganini belgilang — tegishli dasturlar chiqadi.
TizzaBelBo'yinYelkaTo'piqBolalar uchun - 3
Rejani boshlang
Mashq vaqtini tanlang, eslatmalar o'zi keladi.
- 4
Murabbiy bilan mashq qiling
AI murabbiy boshqaradi, shifokor natijani kuzatadi.
Bemorlaringiz uyda ham nazoratingizda
Shifokor paneli Telegram ichida ishlaydi — alohida dastur o'rnatish shart emas.
- Har bir bemorning bajarish foizi, og'riq dinamikasi va seanslar kalendari
- "E'tibor kerak" ogohlantirishi: bemor mashqni tashlab qo'ysa yoki bajarish pasaysa
- Bemor hozir AI murabbiy bilan mashq qilyaptimi — jonli ko'rasiz
- Rejani bir bosishda uzaytirish
- Bemor bilan chat va yangi xabar haqida Telegram bildirishnomasi
- 4 tilda: o'zbek (lotin va kirill), rus, ingliz
Sog'lig'ingiz — birinchi o'rinda
Texnologiya yordam beradi, lekin qarorlarni shifokor qabul qiladi.
Og'riq qoidasi
Qattiq og'riq haqida aytsangiz, mashq darhol to'xtaydi. Bu qoida AI'ga bog'liq emas.
Tekshirilgan shifokorlar
Har bir shifokor diplomi tekshirilgandan keyingina ilovada ko'rinadi.
AI chegaralari
Murabbiy tashxis qo'ymaydi va dori tavsiya qilmaydi — faqat mashqda yordam beradi.
Ma'lumotlar maxfiy
Ma'lumotlaringizni faqat siz va shifokoringiz ko'radi. Ovozli gaplar saqlanmaydi.
Faqat kerakli dastur uchun to'lang
Obuna yo'q — har bir dastur alohida.
Bepul dasturlar
Ba'zi dasturlar butunlay bepul. Google Play'dan yuklab, hoziroq boshlang.
Bir martalik to'lov
Pullik dasturga bir marta to'laysiz va u reja davomida sizda qoladi.
Chegirma va promo-kodlar
Aksiyalar va promo-kodlar bilan arzonroq.
Ko'p so'raladigan savollar
Javob topilmasa — pastda so'rov qoldiring.
Ilovani qayerdan yuklab olaman?
Google Play'da "ORTO" ilovasini yuklab oling — shu sahifadagi "Yuklab olish" tugmasi to'g'ridan-to'g'ri do'konga olib boradi.
AI murabbiy qanday ishlaydi?
Telefonni mashq qiladigan joyga qo'yasiz. Murabbiy mashqni ovoz bilan tushuntiradi, takrorlarni sanaydi va dam oldiradi. Istalgan payt gapirishingiz mumkin: "to'xta", "yana ko'rsat", "keyingisi".
Mashq paytida og'riq bo'lsa nima bo'ladi?
Qattiq og'riq haqida aytsangiz, sessiya darhol to'xtaydi va shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Shifokorim natijalarimni ko'radimi?
Ha. Shifokor tanlasangiz, u bajarish foizi, og'riq dinamikasi va seanslaringizni ko'radi hamda chat orqali javob beradi.
Internet kerakmi?
Rejani yuklash va murabbiy bilan gaplashish uchun kerak. Sanash va taymer esa internet sekin bo'lsa ham ishlayveradi.
Narxi qancha?
Dasturga qarab: ba'zilari bepul, pulliklari uchun bir marta to'laysiz. Payme, Click yoki Uzum orqali to'lash mumkin.
Men shifokorman. Qanday qo'shilaman?
Telegram'da @ortoapp_doctor_bot ga yozing va ma'lumotlaringizni yuboring. Diplomingiz tekshirilgach, hisobingiz faollashadi.
Bugundan boshlang
Birinchi mashqqacha bir necha daqiqa. Yuklab oling, sohani tanlang va AI murabbiy bilan boshlang.
Kanalda foydali maslahatlar va yangiliklar. Shifokor bilan bog'lanish — ilova orqali.
Savolingiz bormi?
Klinika, hamkorlik yoki oddiy savol — yozing, o'zimiz bog'lanamiz.
Tez javob
24 soat ichida qo'ng'iroq qilamiz
Klinikalar uchun
Shifokorlaringizni ulash bo'yicha maxsus shartlar
Maxfiylik
Raqamingiz faqat aloqa uchun ishlatiladi
So'rov qoldiring
Ism va telefon raqamingizni yozing, biz siz bilan bog'lanamiz.